Tasdiqlangan rejaga muvofiq, Jizzax viloyati prokurori, 2-sektor rahbari Islomjon Ergashxodjayevning navbatdagi sayyor qabuli va yoshlar hamda tadbirkorlar bilan uchrashuvi Mirzacho‘l tumani “Bog‘bon” mahallasida bo‘lib o‘tdi.
Qabulda viloyat prokurori o'rinbosari A.Esirgapov ishtirok etib, qabul avvalida tumandagi tadbirkorlar bilan uchrashib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar o‘rganilib, zarur ko‘rsatmalar berildi.
Sayyor qabulda 20 dan ziyod fuqarolardan turli xil mazmundagi murojaatlar kelib tushdi. Shundan moddiy yordam ajratish va tibbiy yordam ko'rsatishda amaliy yordam berish haqidagi 4 ta murojaat joyida qanoatlantirildi. Qolganlari yuzasidan mas’ullar belgilanib, hal etilishi nazoratga olindi.
Shuningdek, qabul davomida o'z tadbirkorligini boshlagan, kasb-hunarga o'qitilgan bir qancha fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatlarini boshlash va rivojlantirishlari uchun sertifikatlar topshirildi.