Milliy gvardiya Jizzax viloyati bolalar bilan ishlash boʻlimi Mirzachoʻl tumani boʻyicha katta inspektor psixologi kapitan Jumanazarov Nodir, hamda 5-maktab rahbarlari bilan hamkorlikda "Voyaga yetmaganlar oʻrtasida qonunbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-55 sonli qaror yuzasidan maktab oʻquvchilari oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida 9-10-11-sinf o'quvchilariga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni salbiy oqibatlari boʻyicha tushunchalar berildi.
Bundan tashqari maktab o'quvchilarining rahbariyat ruxsatisiz ichki turizm va 25-may so'nggi qo'ng'iroq tadbirlarini nazoratsiz o'tkazmaslik bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Rahbariyat ruxsatisiz tashkil qilinadigan tadbirlarning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.