Viloyatimiz bo'ylab o'tkazilayotgan 3 kun davom etadigan anjumanda IIV, Qoraqalpogʻiston Respublikasi llV, Toshkent shahri va viloyatlardan kelgan ichki ishlar organlari faxriylari ishtirok etmoqda. Faxriylar dastlab tumandagi Gagarin haykali oldida tantanali kutib olindi.
Ular Yu.A.Gagarin haykali poyiga gullar qoʻyib, so'ng koinot muzeyiga sayohat uyushtirishdi.
Anjuman ishtirokchilari Mirzacho'l tumani Madaniyat markazida joylashgan O'lkashunoslik muzeyiga sayohat qilishdi.
So`ngra Mirzacho'l tumanidagi "Koinot" muzeyida ham bo'lishib, Kosmonavtning hayoti, qilgan ishlari haqida hamda muzeydagi eksponatlar bilan tanishdilar.
Anjuman doirasida faxriylar uchun Mirzacho'l tumanidagi O'zbek-qozoq madaniyat markazida ma'naviy-ma'rifiy dastur namoyish etildi.
Mirzacho`l tuman hokimligi
Axborot xizmati