Yoshlar qudratli davlatimizning ertangi kuni, yangi Oʻzbekistonimizning poydevori sanaladi. Zero, ularning sogʻlom va komil inson boʻlib voyaga yetishlari mamlakat istiqbolini belgilab beradi. Shu maʼnoda, bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatini hayotga joriy etishda Davlat xavfsizlik xizmati ham oʻzining sezilarli hissasini qoʻshib kelmoqda.
Xususan, joriy yilning aprel oyidan boshlab, yurtimizning har bir goʻshasida mini-futbol boʻyicha DXXning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari kubogi oʻtkazilib kelinmoqda. Mirzacho'l tumanida ham futbol va mini futbol boʻyicha "DXX raisi kubogi" bahslarining final uchrashuvlari boʻlib oʻtmoqda.
Mini futbolda hal qiluvchi final bahslarida g'oliblik "Bog'bon" mahallasi yoshlariga nasib qildi.
Final bahslarida "Bog'bon" mahallasi yoshlari "G'alaba" mahalla yoshlari ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Taʼkidlash lozimki, DXX Raisi kubogini oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad yoshlar orasida sportni ommalashtirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, shuningdek, ularni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iboratdir.