Mirzacho‘l tumani MMTB tasarrufidagi 8-sonli maktabda 2024-yil 22-may kuni umumiy ota-onalar majlisi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda “Voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish”, "Yoshlarni yod g'oyalarga berilishining oldini olish", "Ijtimoiy tarmoqlardan maqsadli foydalanish", 25-may "So'ngi qo'ng'iroq" tadbirini tinch va osoyishta o'tkazish hamda yozgi ta’tilda taqiqlangan joylarda cho‘milmaslik, ota-onasi uzoq muddatga ketgan o‘quvchilarni vasiylik va homiylikka olish masalalari bo‘yicha mas’ullar tomonidan tushunchalar berildi.
Shu bilan birga o‘quv yili davomida o‘quvchilarning yutuq va kamchiliklari muhokama qilindi.
Bo'lib o'tgan yig'ilishda Milliy gvardiya xodimlari N.Jumanazarov va D.Mamarayimov tuman FVB xodimi O.Barnoyev, DIQning tumandagi mas’ul xodimi M.Umirzakov, maktab rahbariyati, oqituvchilar hamda ota-onalar ishtirok etdi.