Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishning muhim omili bu albatta kitobga do‘st bo‘lish va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Bugun 2024-yil 27-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tuman Mirzadala mahalla fuqarolari ishtirokida "Kitoblar-saodatga boshlovchi yo‘l" mavzusida kitoblar targ‘iboti o‘tkazildi. Targ‘ibot davomida ishtirokchi kitobxonlar kitobning inson hayotidagi ahamiyati xususida so‘z yuritishdi. Buyuk allomalarimiz asarlaridan turli misollar keltirdilar.