Mirzacho‘l tuman hokimi Botirjon Mirzaqulov sektor rahbari bilan birgalikda 3-sektor, "Paxtazor" SIU hududidagi fermerlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotda fermer xo‘jaliklari tomonidan mahsulot yetishtirish bilan bog‘liq muammoli masalalar ko‘rib chiqildi.
Hududdagi fermer xo‘jaliklari yerlarining bugungi holati va bajarilgan agrotexnik jarayonlar hamda mavjud kamchiliklar yuzasidan monitoring o‘tkazilib, soha vakillarining xulosalari tinglandi.
Uchrashuv davomida 2024 yil 6 oy davomida iqtisodiy-ijtimoiy va investision sohalarda, shuningdek qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish hamda oziq-ovqat loyihalarini amalga oshirish borasida Mirzacho‘l tumanida olib borilayotgan ishlar, istiqbolli rejalar to‘g‘risida yuzasidan matbuot anjumani ham o'tkazildi.