“Ochiq budjet” ("Open budjet") axborot portali orqali “Mening bogʻim” loyihalari uchun ovoz berish jarayoni boshlandi. (https://openbudget.uz/boards/initiatives/my-garden/33)
Ma'lumot uchun, joriy yilda Respublikamizning 208 ta tuman va shaharlarida “Mening bogʻim” loyihalari asosida “yashil bogʻ” va “yashil jamoat parki” barpo etiladi. Buning uchun jami 52 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan bo‘lib, tuman va shaharlarda 250 mln soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda teng taqsimlanadi.
Ovoz berish 7-iyulga qadar davom etadi. Yakuniy natijalarga ko‘ra eng ko‘p ovoz olgan hududlarda “yashil bogʻ” va “yashil jamoat parklari” yaratiladi.
Hurmatli yurtdoshlar! “Mening bogʻim” loyihalari uchun ovoz berib, hududingizda ekologik muhit yaxshilanishiga hamda tabiatimiz yashillik darajasini oshirishga oʻz hissangizni qoʻshing.