Bugun 2024 yil 2-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Barkamol avlod bolalar maktabi o‘quvchilari ishtirokida xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini ifodalovchi, serquyosh Vatanimizning tom ma'nodagi asl tasvirini anglatuvchi ramzlarimizdan biri davlat Gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan "Davlat gerbi-mutaqillik timsoli" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘rtasida Davlat ramzlari haqida bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida savol-javoblar qilindi.
Tadbir qiziqarli va mulohazaga boy bo‘ldi.