Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida ilk marotaba kutubxona muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassis xodimlarni bilim, ko'nikma, malakalarini oshirish hamda sohada amalga oshirilayotgan ish tajribalarini o'rganish, do'stona munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan "Zakovat" intellektual o'yini tashkil qilindi.Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazining mutaxasislaridan tashkil topgan jamoa a'zolari kutubxonaga tashrif buyurib, dastlab kutubxona bo'ylab sayohat tashkil qilindi va ish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirildi. Shundan so'ng Zakovat intellektual o'yini o'tkazildi.
O'yin davomida ikkita jamoa sohaga oid va mantiqiy qiziqarli savollarni bir-birlariga taqdim qilishib, g'oliblik uchun kurash olib bordilar. Oʻyin yakunida g'oliblik mehmon jamoa Mirzacho'l tuman kutubxonasiga nasib etdi. Hamda Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan gʻolib jamoa uchun diplom, kitoblar jamlanmasi va 250 000 so'mlik pul mukofoti taqdim etildi.