O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 3 maydagi PF-72-sonli Farmonining 6.2-bandi ijrosi yuzasidan Oila va Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xududlardagi hokimlar bilan birgalikda har chorakda ishsiz va band bo‘lmagan aholini, shu jumladan, ayollarni pilla yetishtirish agrotexnikasiga va pillani qayta ishlash ko‘nikmalariga o‘qitish bo‘yicha o‘quv-seminarlar tashkil etish belgilangan.
Mirzacho'l tuman hokimligida tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan pillachilik sohasini yanada rivojlantirish, vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarni pillachilikka keng safarbar etish yuzasidan o‘quv-seminar tashkil etildi.
O‘quv-seminarda tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Dilfuza Mavlonova qatnashib, seminar ishtirokchilariga pilla yetishtirish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, pilla boqish jarayonida agrotexnik talablarini o‘z vaqtida amalga oshirish to‘g‘risida tushintirishlar berishdi.