Oʻzbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish masalasi
Konstitutsiya har bir davlat taraqqiyotining poydevori boʻlgan huquqiy, siyosiy va mafkuraviy hujjat – mamlakatning Asosiy qonuni hisoblanadi. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari, mustaqil demokratik davlatimiz, erkin jamiyatimizning mustahkam huquqiy asosi boʻlib xizmat qilmoqda. Fuqarolarning eng muhim orzu-intilishlari va maqsadlari asosiy qonun – Konstitutsiyada toʻliq ifoda etiladi.
Mustaqillik yillarida Konstitutsiya asosida inson qadri ulugʻlanadigan demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish maqsadida keng qamrovli yangilanishlar va islohotlar amalga oshirildi, bu borada boy tajriba toʻplandi.
Oʻzbekiston bugun oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qoʻymoqda. Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan adolatli va xalqparvar davlat barpo etish yoʻlida dolzarb ahamiyatga ega boʻlgan vazifalarni toʻlaqonli amalga oshirish uning maqsadi, koʻlamiga monand va munosib boʻlgan
yangi mustahkam konstitutsiyaviy makonni shakllantirishni taqozo etadi.
Shu nuqtai nazardan, konstitutsiyaviy islohotlar tabiiy rivojlanish natijasi boʻlib, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun oʻta ahamiyatlidir, adolatli jamiyat qurish yoʻlida ulkan qadamdir.
Binobarin, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonning shaʼni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari bundan buyon barcha sohalarda ustuvor ahamiyat kasb etishini qatʼiy qoidaga aylantirish, bir soʻz bilan aytganda, “Inson qadri uchun” gʻoyasini hamda bugungi islohotlarning bosh tamoyili boʻlgan “Inson – jamiyat – davlat” degan yondashuvni yangi Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvdagi nutqida “Bosh maqsadimiz – har bir yurtdoshimiz ushbu hujjatni mening Konstitutsiyam deb faxrlanadigan mukammal darajaga olib chiqishdir”, deb taʼkidlagan edi.
Darhaqiqat, Yangi Oʻzbekiston sharoitida yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasining eng muhim jihatlari inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlarini taʼminlash, erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish hamda demokratik huquqiy davlat qurish bilan bogʻliq oʻzgarishlar bilan muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 3 bob Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi belgilangan unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalari bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining qonunida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qo‘llaniladi.
Davlat va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritadilar.
Ushbu normadan maqsad fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan.
A.Xujanazarov
Do‘stlik tumalararo iqtisodiy
sudi sudyasi