Ma`lumki, hozirgi kunda muhtaram Prezidentimizning say-harakatlari bilan davlatimizda xotin-qizlarning huquqlarini yana ishonchli himoya mexanizimi shakllantirildi.
O‘zbekiston Respublikasining “XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH TO‘GʻRISIDA”gi Qonunining 12-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasiga: xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etadi va bunday holatlarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘radi; zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida ijtimoiy reabilitatsiya qilishga hamda o‘z joniga qasd etishning oldini olishga doir tadbirlar o‘tkazadi; xotin-qizlarga nisbatan tazyiq o‘tkazganligi va zo‘ravonlik sodir etganligi uchun profilaktik hisobda turadigan shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktika tadbirlarini o‘tkazishda ishtirok etadi; nizoli vaziyatlarni profilaktika qilishga, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir dasturlar hamda uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi. xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilish kabi bir qator vazifalar yuklatilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Preziudentining 2022 yil 1 martdagi PF-81-sonli Farmoni bilan Oila, xotin-qizlar va keksa avlod vakillari bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, mahallalarni qo‘llab-quvvatlashni yanada takomillashtirish, mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish va o‘zaro hamkorligini ta’minlash maqsadida quyidagilar xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish, gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirish; hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish, turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini ko‘paytirish borasida tizimli chora-tadbirlarni belgilash,og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish, ularni «Ayollar daftari» orqali manzilli qo‘llab-quvvatlash,jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash va ularning farovonlik darajasini oshirish oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilab berildi.
Xush bunda, alohida etibor qaratadigan mavzumiz, zo‘rovonlikka qarshi kurashish masalasiga to‘xtalsak, davlatimiz toboro zamon bilan hamnafas bo‘lishi va jamiyatimizda turli xil eskicha qarashlarning saqlanib qolishi ortidan ayollarga har xil bo‘ladigan tazyiqlar va zo‘rovonliklar ko‘paya borayotganligini takidlab o‘tishimiz lozimdir.
Zo‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazish choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ularning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan g‘ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik)dir.
Bunda asosiy e`tibor qaratiladigan holat ishdagi xotin-qizlarga zo‘rovonlik holatlari yuz berishi bilan bog‘liq nizolar yuzasidan kelib chiqadigan mehnat shartnomasini bekor qilish bilan bog‘liq sudlarda ko‘riladigan ishlar ko‘paya borayotganligidir.
Shu bois, ushbu holatlar yuzasidan xotin-qizlar bo‘limlari sudlarda mazkur toifadagi ishlar yuzasidan endilikda manfaatdor shaxs sifatida qatnashish va shu bilan bir qatorda nizolarni sudga qadar oldini olishga mas’ulliklarini alohida e`tirof etmog‘imiz lozimdir.
D.Esanov
Jizzax viloyat sudi
sudyasi