Kitobning qiymatini-yu qadrini bugungi kitobxon yaxshi biladi. Ayni shuning uchun ham o‘qishni, uqishni kanda qilmaydi. Albatta, kitob bilan kitobning, asar bilan asarning katta farqi bor. Buning-da farqi yaxshi anglashiladigan, munosib tanlov qilinadigan zamonda, makonda yashayapmiz. Shuning uchun ham o‘quvchimizmi, talaba yoki ishchi-xodim, xullas kim bo‘lishimizdan, qanday sohada faoliyat yuritishimizdan qat’iy nazar sevimli mashg‘ulotimiz mutolaaga aylanib ulgurgan.
Shu ma'noda, joriy yil 28 avgust kuni tumandagi “Mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha olib borilayotga ishlar hamda kelgusi rejalar, shuningdek, mahallalarda joriy yilda qurilib bitkazilgan ob’yektlar, mustaqillik bayrami aafasida topshirilishi rejalashtirilgan inshoatlar bo‘ylab amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida o'tkazilgan media tur ushbu maskandan boshlandi.
Tadbirda tuman hokimining orinbosari U.Rustamov, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi rahbari T.Xusanov, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi boshligi Z.Sadriddinov, talim muassasalari rahbarlari, tuman hokimligi mutasaddilari va jamoatchilik vakillari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi.
So‘z olganlar Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar tarbiyasida muhim o‘rin tutgan kitobxonlik, mutolaa masalasiga jiddiy e’tibor ko‘rsatilayotgani haqida aytib o‘tdilar.
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan besh muhim tashabbusning to‘rtinchisi kitobxonlik ekani, bu davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani takidlandi.
Shu ma`noda tuman hokimi B.Mirzaqulov tashabbusi evaziga amalga oshirilgan bu xayrli ish — qariyb 6000 donadan ziyod kitob fondiga ega bo‘lgan kutubxona mahalladagi kitobsevarlar uchun ayni muddao bo‘ldi, - deyishdi tadbir ishtirokchilari.
Shundan so‘ng mehmonlar ishtirokida binoning ramziy kaliti o‘z egalariga topshirildi. Tadbir ishtirokchilari bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Mirzacho‘l tuman hokimligi
Axborot xizmati