Mirzacho'l hokimi B.Mirzaqulov 1-sinfga qabul qilingan bolajonlarga Prezident sovg‘alarini topshirdi. Maktab ostonasiga endi qadam qo‘ygan va 1-sinfga qabul qilingan bolajonlarni alohida qutlab, ta’limining inson hayoti davomidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi.
Hozir mazkur maktabda 376 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Yangi o‘quv yilidan boshlab 35 nafar bolalar 1-sinfga qabul qilindi.
Maʼlum qilinishicha, bu yilgi sovg‘alar 12 nomdagi o‘quv qurollari — portfel, yozuv va rasm daftarlari, akvarel bo‘yoqlari, rangli qog‘oz, qalamdon, ruchka, rangli qalam, oddiy qalam, plastilin, yelim va o‘chirg‘ich to‘plamidan iborat.