Jizzax viloyati sport boshqarmasi masʼullari, viloyat sport maktablarining rahbarlari hamda shaxmat boʻyicha murabbiy-mutaxassislari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Ushbu ygʻilishda shaxmat federatsiyasi viloyat hududiy boʻlinmasining raisi va oʻrinbosarlari ovoz berish yoʻli bilan saylandi.
Yoshlar ishlari agentligi boshqarma boshligʻi O. Musurmonov raisning birinchi oʻrinbosari hamda Maktabgacha va maktab taʼlim boshqarmasi boshligʻi S.Suyarova rais oʻrinbosarligiga bir ovozdan maqullandi.
Shuningdek, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi konferensiyasida ishtirok etish uchun Jizzax viloyatidan delegatlar saylandi.