Butunjahon turizm kuni tarixi 1925-yilda Gaagada Rasmiy sayyohlik tashkilotlari Xalqaro kongressi tashkil etilgan kunga borib taqaladi.
Hozirda u Jahon sayyohlik tashkiloti (United Nations World Tourism Organization – UNWTO) deb nomlanadi.
Aynan ushbu tashkilot tomonidan 1979-yilda Butunjahon turizm kuni taʼsis etildi. U sayohatlar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga eʼtibor qaratishga yoʻnaltirilgan. Ayni paytda jahon yalpi milliy mahsulotining qariyb 6 foizi turizm sohasiga toʻgʻri kelmoqda, dunyo boʻyicha sayyohatlar soni esa taxminan 1,3 milliardni tashkil etadi.
Har yili millionlab insonlar yangi joylar, boshqa xalqlarning madaniyati, urf-odati va turmush tarzi bilan tanishish maqsadida dunyo boʻylab sayohatga chiqadi. Insonlar va hamjamiyatlar oʻrtasidagi bunday hamkorlik butun dunyoda tinchlik hukm surishi uchun zarur boʻlgan xalqlar oʻrtasidagi bagʻrikenglik va oʻzaro hurmat mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Butunjahon turizm kuni munosabati bilan Jizzax viloyatining sulim gushasi Zomin tumanida soha faollari ishtirokida bayram tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi oʻrinbosari Sardor Shukurullayev mazkur sohada faoliyat olib borayotganlarni bayram bilan samimiy muborakbod etib, viloyatimizda turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelajakda qilinishi kerak boʻlgan ishlarga batafsil toʻxtalib oʻtdi.
Tadbir davomida bir guruh soha vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi