BMT Bosh Assambleyasi qaroriga koʻra, 1997-yildan buyon har yili butun dunyoda 16-noyabr Xalqaro bagʻrikenglik kuni sifatida nishonlanadi. Bu sanani yurtimizda ham nishonlash yaxshi anʼanaga aylangan. 2019-yildan buyon ushbu sanaga bagʻishlab tadbirlar tashkil etiladi.
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi hamda Din ishlari boʻyicha qoʻmita qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Xalqaro bagʻrikenglik kuniga bagʻishlab mamlakatimizda “Bagʻrikenglik haftaligi”ni oʻtkazmoqda. Haftalik doirasida davra suhbatlari, konferensiyalar, fotokoʻrgazma va boshqa madaniy-maʼrifiy, ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etilishi belgilangan.
Ana shu maqsadda Mirzacho'l tumani Kasb-hunar maktabida o'tkazilgan tadbirlardan fotojarayonlar