Bugun Mirzacho‘l tumani 8-umumta'lim maktabi o'quvchilari ishtirokida, tuman Mudofaa ishlari bo'limi boshlig'i, mayyor U.Mirzakarimov, tuman "Veteran" jangchi faxriy va nogironlari bo‘limi raisi, ma'naviyat targ‘ibotchisi P.Bayzoqovlar tomonidan yoshlar o‘rtasida xuquqbuzarlik va turli xil jinoyatchiliklarning oldini olish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda yoshlarning har tomonlama bilimli va salohiyatli kadrlar bo‘lishi uchun amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida fikr-mulohazalar almashildi.
Shuningdek, yurtimizda yosh avlodning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga doir sa’y-harakatlar samaradorligini takomillashtirish, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish bo‘yicha mustahkam immunitetni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligi ta'kidlandi.
Tadbirda yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ular orasida jinoyatchilikning oldini olishda tarbiya va xarakterning uzviy bog‘liqligi tushuntirildi. Jamiyatimizda uchraydigan ayrim noxush hollarning oldini olish uchun yoshlar avvalo o‘z huquqlarini yaxshi bilishi, qolaversa, majburiyatlari haqida ham yetarli bilimga ega bo'lishlari zarurligi kabi masalalarga ham batafsil to'xtalib o'tildi.