Unda hududda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sogʻlomlashtirish, yoshlarni diniy ekstremizm, terrorizim, radikal oqimlar va yod g'oyalar ta'siridan ogoh etish, diniy bagʻrikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash boʻyicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Respublika Ma'naviyat ma'rifat markazi Mirzacho'l tumani bo'limi rahbari T.Xusanov, DIQ Mirzacho'l tumani ma'sul xodimi hamda Milliy gvardiya Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi Bolalar bilan ishlash boʻlimi Mirzachoʻl tumani boʻyicha inspektor psixologi katta leytenant D.Mamarayimovlar tomonidan ushbu tadbirda yig'ilganlarga ma'naviy-ma'rifiy hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish mavzusida tushunchalar berildi.