Tumandagi 7-umumta'lim maktabi o'quvchilarining tarix darsi Mirzacho'l tumanida Prezidentimiz olib borayotgan ishlarni uzviy davomi sifatida qad ko'targan "Ezgu niyat maydoni"da bo'lib o'tdi.
Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Mirzacho'l tumani bo'limi rahbari Xusanov Tursunqul tomonidan ishtirokchilar "Ezgu niyat maydoni" barpo etilishining maqsad va mohiyati, shuningdek majmua o'zida mujassamlashtirgan birinchi, ikkinchi, uchinchi uyg'onish renessans davrlari asoschilari to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'ldilar.
Bu kabi ochiq darslar tumandagi barcha umumta'lim maktablari o‘quvchilari uchun yil davomida bo'lib o'tadi.