Jizzax garnizoni 524-SCHR batalyoni harbiy xizmatchilari hamda Mirzacho'l tumani MIB boshlig'i, tuman hokimining yordamchisi, veteran jangchi faxriy va nogironlar boʻlimi raisi ishtirokida Jizzax viloyati Mirzacho'l tumanidagi o'quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, muammolarini o'rganish, ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida "Yoshlar - milliy armiyamiz nigohida!" shiori ostida "Rahbar va yoshlar " formatidagi uchrashuv oʻtkazildi.
So'zga chiqqanlar yoshlarning ongiga ta'sir qiluvchi turli omillarning salbiy oqibatlari va internet tarmog‘idan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, yangi O'zbekistonning milliy armiyasi, kuch-qudrati unda yaratilayotgan keng imkoniyatlar, Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish va oliy harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olish to‘g‘risida ma’lumotlar berildi hamda tadbirda faol ishtirok etgan yoshlarni munosib taqdirlandi.