Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » Mirzacho‘l tumanida sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi

Mirzacho‘l tumanida sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi

16 май 2023 йил
240
0
Dastlabki ma’lumotlarga asosan joriy yilning yanvar-dekabr oylarida Mirzacho‘l tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 156,9 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 101,7 foizni tashkil etdi. Hisobot yilida 57,3 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, 2021 yil yanvar-dekabrga nisbatan 70,7 foizni tashkil etdi. Jumladan, 9,8 mlrd. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilib umumiy hajmga nisbatan 109,9 foizni tashkil qilib, 47,6 mlrd. so‘mlik nooziq-ovqat mollari (2021 yil yanvardekabrga nisbatan mos ravishda 65,9 foiz tashkil qilgan.
Rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sanoat mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib Jizzax viloyati va tumanlarda ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmini tumanlararo hamda tumanlarni shahar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash orqali tahlil qilish, sanoat mahsulotini aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdori dinamikasini kuzatib borish, hududlardagi ustuvor vazifalarni va o‘sish nuqtalarini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z navbatida joriy yilning yanvardekabr oylarida Mirzacho‘l tumanida sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi 156,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, mazkur ko‘rsatkich Jizzax viloyatining jami sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishida 1,4 foiz tashkil etdi. Tumanda ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi aholi jon boshiga 2905,9 ming. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,0 foizga yetkazilganligini kuzatishimiz mumkin. Shuningdek, tumanda iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishi 57,3 mlrd. so‘mni tashkil qilib, Jizzax viloyatining jami iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishida 1,1 foiz tashkil etdi. Tumanda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari aholi jonboshiga 1061,8 ming. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 69,5 foizga yetkazilganligini kuzatishimiz mumkin.

Mirzacho‘l tuman Statistika bo‘limi
yetakchi mutaxassisi Mardon Eshaliyev












скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар