Hokimliklar xodimlari uchun malaka oshirish kurslari o‘tkazilmoqda!
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati filiali tomonidan hokimliklar tarkibiy bo‘linmalaridagi davlat fuqarolik xizmatchilarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun navbatdagi malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Bu galgi malaka oshirish kursida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni va aholi bandligini ta’minlash, ularning daromadini ko‘paytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va shu orqali kambag‘allikni qisqartirish kabi boshqa sohaga tegishli hujjatlar mazmun-mohiyati yuzasidan zaruriy tushuncha va ma’lumotlar berildi hamda shu sohadagi professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar tomonidan tushuntirildi.
Malaka oshirish kursi yakunida ishtirokchilar bilimi baholanib, sertifikatlar topshirildi.
https://t.me/Mirzachultumani