Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44

Оʻquv amaliy seminar tashkil etildi

01 июнь 2023 йил
124
0

Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 10-son DMTT ning logoped oʻqituvchilari tomonidan "2022-2023 oʻquv yilida oʻtkaziladigan oʻquv seminarlar jadvali" asosida 2023-yil 31-may kuni MMTBda faoliyat olib borayotgan logoped mutaxassislari uchun "Maktab va maktabgacha yoshdagi bolalarda uchraydigan nutq nuqsonlari va ularni bartaraf etish usullari" mavzusi doirasida oʻquv amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda MMTB dan kelgan mutaxassis, metodistlar G.Jonqobilova, S.Qurbonova mazkur DMTT direktori L.Uyabekova, tarbiyachilar va ota-onalar ham tashrif buyurishdi.
Dastlab seminarda yetakchi logopedlar tomonidan seminar mavzusi kengroq yoritib, tushunchalar berildi va logoped mashgʻulotiga qatnovchi bolajonlar tomonidan amaliy koʻrsatib berildi. Har bir maʼlumot bolajonlar ishtirokida oʻyin tarzida shakllantirildi.
Seminar-trening qiziqarli boʻldi va logoped mutaxassislari mavzu yuzasidan koʻpgina savollariga javob oldilar.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар