Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » “Vatanimiz ishonchli qo‘llarda” shiori ostida vatanparvarlik musobaqalari o’tkazildi

“Vatanimiz ishonchli qo‘llarda” shiori ostida vatanparvarlik musobaqalari o’tkazildi

26 август 2022 йил
188
0

Mirzacho'l tumanida Mustaqilligimizni 31-yillik shodiyonasini ko’tarinki ruxda o‘tkazish maqsadida harbiy kuch tuzulmalari o’rtasida “Vatanimiz ishonchli qo‘llarda” shiori ostida vatanparvarlik musobaqalari o’tkazildi.

25 avgust kuni tuman Madaniyat uyi oldida o'tkazilgan musobaqada tuman Ichki ishlar bo’limi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar bo’limi, Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo’shinlaridan iborat jamoalar ishtirok etdi.

Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan tuman hokimligi, tumandagi Xalq qabulxonasi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi, Ma'naviyat targ'ibot markazi tuman bo'limi, tuman Madaniyat bo'limi, harbiy kuch tuzilmalari hamkorligida o‘tkazilgan tadbir har bir jamoada 6 nafardan 35 yoshdan oshmagan yigit qizlar ishtirokida bo'lib o'tdi.
1. Sport musobaqalari
2. Tezkor savol-javob sharti
3. Musiqali chiqish sharti
4. Harbiy oshpazlar sharti

Harbiy musobaqa g‘oliblari diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

 

Tuman hokimligi Matbuot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар