Mirzacho'lda 4 ta sektor rahbarlari tomonidan yig'ilish o'tkazildi
Mirzacho'l tuman hokimligi faollar zalida tumandagi 4 ta sektor rahbarlari tomonidan hokim yordamchilari, mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilishda:
Kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish, aholi kayfiyatiga ta'sir ko'rsatuvchi hodisalarning oldini olish, mavsumni energo resurslar bilan sifatli ta’minlash,
Ichki bozorni tartibga solish, oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish, narx-navoning oshib ketmaslik choralarini ko'rish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash,
Aholi turar joylarida is gazi va tabiiy gazdan zaharlanish va boshqa noxush xolatlarni, jumladan yong'in xavfsizligi hamda turli xil jinoyatchiliklarning oldini olish,
Aholi o'rtasida "Dok-1 Maks, Sinepar Kid, Ambronol" kabi dori vositalari iste'molining oldini olish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilanib, mas'ullarga qat'iy topshiriq va ko'rsatmalar berildi.
Mirzacho'l tuman hokimligi Axborot xizmati