Odam savdosi global muammo
Bugungi kunda fuqarolarimizning odam savdosi qurboniga aylanib qolishini oldini olish borasidagi profilaktik ishlar barcha davlat tashkilotlarining ustuvor vazifasi sifatida belgilangan.
Bu boradagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining "Odam savdosiga qarshi kurash to‘g‘risida"gi qonuni hamda Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasining tegishli me’yoriy hujjatlari talablari asosida tashkil etilib kelinmoqda.
Odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha mamlakatimizda keskin chora-tadbirlar ishlab chiqilib, bu borada jinoyat qonunchiligimizda ham javobgarliklar belgilab berilgan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasiga ko‘ra, odam savdosi, ya’ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish jinoyati uchun uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi, og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda uch yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazolari qo‘llaniladi.
Ko‘rinib turibdiki jazo og‘ir, bundan ushbu turdagi jinoyatlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar o‘zlariga tegishli xulosalar chiqarishi kerak, zero, O‘zbekiston Respublikasida har qanday jinoyat uchun jazo muqarrardir.
Lutfulla Mamarajabov
Jizzax viloyat sudining sudyasi
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
15 январь 2022, Суббота
O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq Mirzacho`l tumani O`zbekiston QFY hududidagi ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida
Изоҳлар (0)