Soliqlarni undirish-eng qadimgi vazifalardan biri hisoblangan
Soliq va boshqa majburiy to‘lov qarzdorlikning oshib ketishi davlat byudjetiga hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir etadi. Soliqlarni undirish-eng qadimgi vazifalardan va davlatchilik mavjudligining asosiy shartlaridan biri hisoblangan.
Jizzax viloyati Soliq boshqarmasining Soliq majburiyatiga ega shaxsning mol-mulki hisobidan soliq qarzini undirish bo‘yicha 20.05.2021-yildagi Qaroriga asosan “Turkiston” fermer xo‘jaligidan 27,9 mln. so‘m soliq qarzi undirish bo‘yicha ijro varaqasi Byuroning Mirzacho‘l tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha qarzdorning nisbatan ijro ishi qo‘zg‘atilib, tomonlarga nusxalari yuborilgan.
Davlat ijrochilari tomonidan qarzdorning hisob raqamlariga band solinib, barcha mol-mulklariga taqiq o‘rnatilgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdordan mavjud qarzdorlik to‘liq undirilib, ijro ishi amalda tamomlandi.
Asadbek Umarov
Majburiy ijro byurosi Mirzacho‘l tuman
bo‘limi davlat ijrochisi
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
11 март 2023, Суббота
Kredit qarzdorlik evaziga 594.776 AQSh dollariga baholangan bino auksionga chiqarildi
Изоҳлар (0)