To’lanmagan kredit qarziga “Tracker” xatlandi
Byuroning Mirzacho’l tuman bo’limi tomonidan bank kredit mablag’larini undirish bilan bog’liq ijro hujjatlari ijrosini ta`minlash borasida kunlik tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, olib borilgan majburiy ijro harakatlaridan so’ng to’lanmagan kredit qarzi evaziga avtotransport vositasi xatlandi.
Ma`lum bo’lishicha, fuqarolik ishlari bo’yicha Do’stlik tumanlararo sudining 06.01.2022 yildagi qaroriga asosan, qarzdorlar X.Abduraimova va D.Atamuradovlar hisobidan undiruvchi ATB Agrobank Mirzacho’l filiali foydasiga 26.680.000 so’m kredit qarzdorligi undirish belgilangan bo’lib, ushbu ijro hujjati Byuroning Mirzacho’l tuman bo’limiga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.
Davlat ijrochisi tomonidan berilgan ixtiyoriy muddatda qarzdorlik bartaraf etilmagandan so’ng, majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli “Tracker” rusumli avtotransport vositasi xatlanishi ta`minlandi.
Byuroning Mirzacho’l tuman
bo’limi davlat ijrochisi
D.P.Abdikadirov
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
31 январь 2023, Вторник
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi PF-14-sonli qarorining mazmun mohiyati
15 январь 2022, Суббота
O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq Mirzacho`l tumani Mirzadala SHFY hududidagi ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida
15 январь 2022, Суббота
O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq Mirzacho`l tumani Do`stlik MFY hududidagi ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida
Изоҳлар (0)