Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » Mirzacho‘l tumani “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan “Ochiq byudjet” axborot portali orqali 2023 yil ikkinchi bosqichida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib deb topilgan takliflar uchun mablag‘lar ajratish to‘g‘risida

Mirzacho‘l tumani “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan “Ochiq byudjet” axborot portali orqali 2023 yil ikkinchi bosqichida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib deb topilgan takliflar uchun mablag‘lar ajratish to‘g‘risida

25 сентябрь 2023 йил
212
0

Mirzacho‘l tumani “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan “Ochiq byudjet” axborot portali orqali 2023 yil ikkinchi bosqichida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib deb topilgan takliflar uchun mablag‘lar ajratish to‘g‘risida

 

        O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PQ-5072-sonli va 2023 yil 10 apreldagi PQ-117 sonli qarorlari hamda  Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 22 apreldagi KQ-213-IV-son qarorlari ijrosini ta’minlash hamda tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi mudiri v.b. Z.O‘zbekovning 2023 yil 21 sentyabrdagi 01-20-220/08-04/39/29-sonli xatiga muvofiq Xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman Kengashi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan “Ochiq byudjet” axborot portali orqali eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib deb topilgan takliflarni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunning 6, 24-moddasiga asosan Xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman Kengashi

 

QAROR  QILADI:

 

             1. Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi mudiri vazifasini bajaruvchisi Z.O‘zbekovning 2023 yil 21 sentyabrdagi 01-20-220/08-04/39/29-sonli xatidagi axboroti muvofiq “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan joriy yil 17 iyuldan 7 avgustga qadar openbudget.uz veb sayti orqali mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida tumanda istiqomat qiluvchilar uchun ahamiyatga ega bo‘lgan jami 76 ta takliflar bildirilganligi;

           -7 avgustdan 27 avgustga qadar takliflarning barchasi moderatsiyadan o‘tkazilib natijada 65 ta tashabbus ovoz berish uchun qabul qilinganligi;

         -11 ta tashabbus turli xil sabablarga ko‘ra rad etililib, 27 avgustdan 16 sentyabrga qadar 65 ta tashabbus ovoz berish jarayonida ishtirok etganligi hamda yakunda 3 ta tashabbus eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lganligi hamda jamg‘armada 3 492 396 (uch milliard to‘rt yuz to‘qson ikki  million uch yuz to‘qson olti ming) so‘m mablag‘ shakllanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

               2. “Ochiq byudjet” axborot portali orqali eng ko‘p ovoz to‘plagan 3 ta takliflar:

            -3123 ta ovoz bilan 1-o‘rin uchun Mirzacho‘l tumani Mirzadala MFYda joylashgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi binolarini kapital ta’mirlash va moddiy texnik bazasini mustahkamlash uchun 1250.0 mln.so‘m (ID 031262839004) buyurtmachi - Jizzax viloyat hokimligi xuzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK DUK;

               -3113 ta ovoz bilan 2-o‘rin uchun Mirzacho‘l tumani O‘zbekiston MFY Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 11-o‘mumta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim binosini joriy ta’mirlash va moddiy texnik bazasini mustahkamlash uchun 1000.0 mln.so‘m (ID 031258991004) buyurtmachi - Jizzax viloyat hokimligi xuzuridagi "Yagona buyurtmachi xizmati" IK DUK;

              -3075 ta ovoz bilan 3-o‘rin uchun Mirzacho‘l tumani Mirzadala MFYda  joylashgan Agrosanoat texnikumining moddiy texnik bazasini mustahkamlash uchun 600.0 mln.so‘m (ID 03170845004) buyurtmachi – tuman agrosanoat texnikumi etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

               3. Xarajatlarni amalga oshirishga mas’ul tashkilotlar rahbarlariga:

               - ajratilgan mablag‘lar doirasida belgilangan tartibda to‘lovlarni amalga oshirish;

              - moliyalashtirish manbaasini ochish uchun o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlarni tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi va tuman g‘aznachilik xizmati bo‘limiga taqdim etish;

              - ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishini ta’minlash;

            - buyurtmachi tashkilotlar ushbu g‘olib bo‘lgan taklif to‘liq moliyalashtirilib bo‘lingandan so‘ng (kassa xarajatidan) ortgan mablag‘ Mirzacho‘l tuman hokimligi huzuridagi fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi shaxsiy g‘azna xisobvarag‘iga to‘liq qaytarish vazifasi yuklatilsin.

             4. Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i v.b (Z.O‘zbekov)ga byudjet xarajatlar rejasiga belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirishlar kiritish, tuman g‘aznachilik xizmati bo‘limi boshlig‘i (A.Suvanqulov)ga to‘lovlarni o‘rnatilgan tartibda va o‘z vaqtida amalga oshirish vazifalari topshirilsin.

             5. Mazkur qaror ijrosining nazorati Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari J.Sattorov zimmasiga yuklatilsin.

             6. Mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

           Xalq deputatlari

           Mirzacho‘l tuman

           Kengashi raisi                                                                                   Sh.Axmedov


2023 yil 22 sentyaber

VI-53-64-3-51-K/23

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар