Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi PF-14-sonli qarorining mazmun mohiyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi PF-14-sonli qarorining mazmun mohiyati

31 январь 2023 йил
102
0
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar (keyingi o‘rinlarda — vazirlik va idoralar) hamda ular hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalarining Davlat byudjeti hamda byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni  tasdiqlandi. 

Bunga asosoan Vazirlik va idoralar tizimida jami 17 447 ta shtat birliklari qisqartirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

-Vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha boshqaruv shtat birliklarini kiritish qat’iyan taqiqlandi.

-byudjet mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish, davlat xaridlari shaffofligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari uchun teng imkoniyatlar yaratish orqali davlat xaridlari jarayonida raqobatni rivojlantirish masalalari yo‘lga qo‘yildi

-Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarda tarkibiy bo‘linmalarni shakllantirish hamda lavozimlarni joriy etishga oid yagona talablari tasdiqlanishi belgilab qo‘yildi.

Vazirlik va idoralar rahbarlari belgilangan vazifalarining bajarilishini hamda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining uzluksizligini ta’minlash maqsadida uch kun muddatda o‘z rahbarlari o‘rinbosarlari o‘rtasida aniq vazifalar va funksiyalarni taqsimlab, ular faoliyatini samarali tashkil qilinishi, shuningdek, ajratilgan mablag‘lar doirasida vazirlik va idoralarning markaziy apparati, hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalarining vaqtinchalik tuzilmalarini, shtat birliklarini hamda nizomlarini tasdiqlanishi belgilangan. Bunda:

qayta tashkil etilgan, bo‘ysunuvi o‘zgartirilgan va tugatilgan davlat boshqaruvi organlarining tuzilmasi va shtat birliklari inobatga olinishi;

ish haqi va boshqa xarajatlar vaqtinchalik xarajatlar smetasi doirasida amalga oshirilishi;

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga vazirlik va idoralarda shtat birliklari maqbullashtirilishi natijasida xodimlar bilan oylik ish haqlari bo‘yicha yakuniy o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida vazirlik va idoralarning vaqtinchalik xarajatlar smetasida, istisno tariqasida, zarur mablag‘larni 2023 yilning 1-choragi uchun rejalashtirishga ruxsat berililishi belgilab qo‘yilgan.

Xozirda vazirliklar tomonidan qisqartirilayotgan shtatlar jadvali ishlab chiqilmoqda 

 

Zarbdor tumani Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuristkonsulti F.Eshaliev  

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар