Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44

Muammolar ijobiy hal etilmoqda

11 октябрь 2023 йил
149
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.10.2021 yildagi “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5250-son qarori bilan  jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarda bayon etilgan o‘rinli va dolzarb muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, davlat byudjetini shakllantirish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish jarayoniga aholini faol jalb etishga asos yaratildi.
Fuqarolarni byudjet jarayoniga jalb qilish mexanizmining joriy etilishi hududlarda aholini qiynab kelayotgan muammolarning yechimini topish bilan bir qatorda jamoatchilikning byudjet jarayoni ishtirokchisiga aylanishida alohida vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bu borada Mirzacho‘l tumanida ham bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. 2023 yilning 1-mavsumida tashkil etilgan “Tashabbusli byudjet” jarayonida g‘olib loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjet parametrida xarajatlarning 5 foiziga teng miqdorda “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasiga yo‘naltirilishi belgilangan mablag‘ hisobidan 3 mlrd. so‘m, 2022 yilda “Tashabbusli byudjet” jarayonida g‘olib loyihalarni amalga oshirishda iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan 64,1 mln. so‘m mablag‘lar “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasiga o‘tkazilib, jamg‘armada yil boshidagi 345,8 mln. so‘m, qoldiq mablag‘ni inobatga olgan holda 3 mlrd. 409,9 mln. so‘m shakllantirilgan.
Joriy yil 1-mavsum “Tashabbusli byudjet” jarayonida tumanda “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasida shakllangan mablag‘lar doirasida qurilish-ta’mirlish va davlat xaridlari uchunjami 3 mlrd.so‘mlik  6 ta loyiha g‘olib bo‘lgan. Jumladan, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimi bo‘yicha - 4 ta, kasb-hunar maktabi tizimi bo‘yicha 1 ta, Agrosanoat texnikumi bo‘yicha 1 ta loyiha g‘olib deb topilgan.
Xususan, tumandagi 1-umumtaьlim maktabi o‘quv ustaxonasini kapital ta’mirlash, ustaxona uchun zarur jihozlarini xarid kilishga jami 500 mln. so‘m  mablag‘ ajratilgan. Shu kungacha maktab ustaxonasi uchun zarur bo‘lgan har xil turdagi jami 232,2 mln so‘mlik asbob uskanalar olib kelingan. Ayni kunlarda ustaxonani to‘liq jixozlash, kapital ta’mirlash ishlari yakunlaniga yetkazish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda.
18-sonli umumtaьlim maktabi moddiy texnika bazasini yangilash bo‘yicha 500 mln. so‘m mablag‘lar moliyalashtirilgan.
Ushbu mablag‘lar doirasida maktab sinf xonalariga 15  turdagi, jami 418 dona turli  jixozlar, 1 dona interaktiv panel, 1 dona 18-SHIVAKI va 2 dona 12-ARTEL kondisionerlari yetkazib berildi.
Tumandagi kasb-xunar maktabi o‘quvustaxonasi binosini joriy ta’mirlash, ustaxona uchun zarur jixozlarini xarid kilishga 750 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan.
Shu kungacha 15 komplekt kompyuterlar jamlamasi, 5 komplekt interaktiv panellar,4 dona Smart televizorlar, 13 dona tikuv mashinkalari, 1 dona avtotrenojyor, 1 dona ovoz kuchaytirish apparati, 30 dona turli o‘quv qurollari bilan ta’minlandi. O‘quv ustaxona binosini ta’mirlash ishlari yakunlanish arafasida.
  Mirzacho‘l agrosanoat texnikumiga 141 mln. so‘mlik 15 dan ortiq sport anjomlari olib kelindi. Ayni kunlarda 55,0 mln so‘mlik jixozlar sotib olish ishlari davom etmoqda.
  550 mln. so‘m mablag‘lar hisobidan tumanning 11-sonli umumta’lim maktabi issiqlik tizimini kapital ta`mirlash ishlari yakunlandi.
“Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish orqali yuqorida qayd etilgan ijtimoiy soha ob’yektlarida ta’lim olayotgan 3988 nafar bolalar hamda 339 nafar o‘qituvchilarning o‘quv va sport jihozlari, kompyuter jamlamalari, zamonaviy interaktiv panellar (doska), o‘quv ishlab chiqarish ustaxonasi jihozlari va ta’miri, issiqlik tizimi bilan bog‘liq ko‘p yillik tizimli muammolari ijobiy hal etildi.
2023 yilning 17 iyuldan - 16 sentyabrga qadar o‘tkazilgan “Tashabbusli byudjet” jarayonining joriy yilgi 2-mavsumi bo‘yicha “Ochiq byudjet” portalida g‘olib loyihalar aniqlandi. 
Bunga ko‘ra, Mirzacho‘l tumani bo‘yicha 12 ta mahallalar aholisi tomonidan ilgari surilgan va ovoz berilgan 3 ta loyihalar g‘olib deb topilib, loyihalar uchun 2850,0mln.so‘mmablag‘ ajratilishi belgilangan.
Jumladan, 3 123 ta ovoz to‘plagan “Mirzadala” mahallasidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi binosini kapital ta’mirlash va moddiy texnik bazasini mustahkamlash” loyihasiga 1250,0 mln. so‘m, 3 113 ta ovoz to‘plagan “O‘zbekiston” mahallasidagi 11-sonli umumta’lim maktabining boshlang‘ich ta’lim binosini joriy ta’mirlash va moddiy texnik bazasini mustahkamlash” loyihasiga 1000,0 mln. so‘m, 3 075 ta ovoz to‘plagan “Mirzadala” mahallasidagi Agrosanoat texnikumining moddiy texnik bazasini mustahkamlash” loyihasiga 600,0 mln. so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.
Xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman Kegngashining tegishli qaroriga asosan “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasidan zarur mablag‘lar ajratilgandan so‘ng ushbu loyihalarni amalga oshirish ishlariga start beriladi.
“Ochiq byudjet” axborot portali orqali 2023 yilda yo‘naltirilishi nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida “Mening yo‘lim” dasturiga muvofiq jamoatchilik fikri shakllantirilib, aholi tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha berilgan takliflar asosida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash borasida manzilli ishlar bajarildi. Jumladan, tumanning “Gʻalaba” mahallasida Imomqulxon ko‘chasi (0,62 km), “Yangidala” mahallasidagi Madaniyat ko‘chasi (0,85 km), “Paxtazor” mahallasida Samarqand ko‘chasi (2,06 km), “Mirzadala” mahallasida Iqbol ko‘chasi (0,88 km), jami 4,42 km yo‘llar asfaltlandi. Ushbu tadbirlarga 2 mlyard so‘m mablag‘lar yo‘naltirilgan. 
“Mening yo‘lim” dasturi doirasida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari yakuni bilan yuqorida keltirilgan mahallalardagi ko‘chalardagi 220 ta xonadonda yashovchi 1200 dan ortiq aholining yo‘l-transport infratuzilmasi bilan bog‘liq tizimli muammollari, shu jumladan 2023 yilning o‘tgan davrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali ichki yo‘llarni ta’mirlash masalalari yuzasidan kelib tushgan 4 ta (76343-xq/23, 611669/23, 536678/23, 518572/23) murojaatlar ijobiy hal etildi.
“Ochiq byudjet”dan samarali foydalanish tizimi yaratilishi bilan mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash imkoni yaratildi, shu bilan birgalikdaajratilgan mablag‘lar va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan jamoatchiliknazorati o‘rnatildi. Amalga oshirilayotgan ishlar aholi uchun muammoli hisoblangan masalalarning ijobiy hal etilishi, privovard natijada halq roziligini olishga xizmat qilmoqda.
  Yana bir muhim masala, “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida amalga oshirilgan loyihalarga muvofiq ijtimoiy soha ob’yektlariga yetkazib berilgan zamonaviy jihoz, uskunalar, mahallalardagi yangidan ta’mirlangan ichki yo‘llardan samarali foydalanish, ularni saqlashda aholi o‘rtasida jamoat mulkiga dahldorlik hissi shakllanmoqda.

 

 

 
I.Nurmanov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Mirzacho‘l tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri
скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар