Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44

Xotin-qizlar bandligi ta`milanmoqda

12 сентябрь 2023 йил
166
0

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-81-son Farmoni 7-bandiga asosan, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi har bir mahallada mahalla raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari hamda oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassis lavozimi o‘rniga xotin-qizlar faoli mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibi saqlangan holda bir nafardan joriy etilsin”, deya belgilab qo‘yilgan edi.
Mana shu asosda Mirzacho‘l tumani mahallalarida ham 12 nafar xotin qizlar faoli o‘zlarining faoliyatini olib bormoqda. Shulardan samarali faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari bilan tanishtirishda davom etamiz.
“Paxtazor” shaharcha fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli Yusupova Nargiza Abduvahobovna faoliyati davomida mahallada xotin- xotin-qizlarning ish bilan bandligini ta’minlash, hunarmandchilikka yo‘naltirish, bu borada ularga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish ishlarini tizimli tashkil qilishda samarali ish olib bormoqda.
Jumladan, joriy yilda ayollar dasturidan 100 nafar ayollar ro‘yxatga olinib, shulardan 69 nafari ishsizlarni tashkil etdi, 3 nafariga tadbirkorlik istagida bo‘lganligi uchun 1 nafarining issiqxona, 1 nafarining tikuv syexi, 1 nafariga esa 5 million bolalar kiyim-kechagi ishlab chiqarish xom ashyo uchun mablag‘ berilib, faoliyatlarini tashkil qilishga ko‘maklashildi. Ishsizlar toifasidan 21 nafarini kasb-hunarga o‘qitildi, 5 nafari o‘zini o‘zi band qildi, 6 nafari hunarmandchilikka a’zo bo‘lib, hunarmandchilikning sir-asrorlarini odamlarga o‘rgatayapti, 4 nafar boquvchisi yo‘qotganga moddiy yordam berildi, 6 nafpr nogiron farzandi bor ayollarga bir martalik moddiy yordam berildi, 17 nafar 1, 2-gurux nogironligi bo‘lgan ayollarga bir martalik yordam berilib, kasalxonaga yotqizildi, 1 nafar ayolning operatsiyasiga yordam berildi.
Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash tizimi bo‘yicha Qorabekova Nilufarga issiqxona faoliyatini olib borishi uchun 30 million imtiyozli kredit ajratilishiga ko‘mak berilib, bugungi kunda bodring yetishtirib, oilaviy daromadga hissa qo‘shayapti. Qo‘nisheva Shohida, O‘sarova Gulmiralarga issiqxona uchun subsidiyadan unumli foydalanib, bir mavsumda 2 marotaba bodring yetishtirib, daromad olishmoqda.
Bundan tashqari shaxsiy namuna sifatida uyda o‘zi parrandachilik bilan shug‘ullanib, ayollarga parranda yetishtirish sirlarini muntazami o‘rgatib kelmoqda.
Kelgusidagi rejalari oilalar mustahkamligi, xotin-qizlar bandligi, ular o‘rtasida jinoyatchilikni kamaytirish kabi qator yo‘nalishlarda natijadorlik bilan samarali ish olib borishni maqsad qilgan.

Mirzacho`l tuman hokimligi

Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар