Adliya vaziri A.J.Tashqulov Mirzacho`lda bo`ldi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri A.J.Tashqulov 2023 yilning 17 oktyabr kuni Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumaniga aholi va tadbirkorlar bilan uchrashish va hududlarda adliya organlari faoliyati bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.
Tashrif davomida adliya vaziri A.J.Tashqulov tomonidan Mirzacho‘l tumani FAXR-MO‘MIN MCHJ tekstil mahsulotlari majmuasi faoliyati bilan tanishdi.
Mirzacho‘l tumani FAXR-MO‘MIN MCHJ tekstil mahsulotlari majmuasida xozirgi kunda 300 dan ortiq fuqarolar ish bilan ta’minlangani va kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.06.2023 yildagi PF-93-son Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’yektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Farmoni asnosida yana 200 ish o‘rni yaratish harakatlari olib borilayotgani ta’kidlandi.
Tashrif davomida adliya vaziri A.J.Tashqulov tomonidan Mirzacho‘l tumani Do‘stlik MFY binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 21.09.2022 yildagi “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-376-son qarori asosida tashkil etilgan ayollar tadbirkorlik markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur markazda faoliyat yuritayotgan fuqaro Boymatova Xurshida tomonidan tashkil etilgan tikuvchilik va to‘quvchilik syexi faoliyati yuzasidan tadbirkor ayol bilan suxbat o‘tkazdi.
Suhbat davomida tadbirkor ayol Boymatova Xurshida o‘z faoliyatini boshlaganiga 2 yil bo‘lganligi va boshida 3 nafar ishchi-xodimlari bilan ishlagani va keyinchalik imtiyozli kredit olib o‘z faoliyatini kengaytirgani va hozirgi kunda 20 yaqin fuqarolarni ish bilan ta’minlagani va syex tomonidan tikilgan mahsulotlarni ichki bozorga yetkazib berayotgani va keyinchalik o‘z faoliyatini kengaytirib qo‘shni Qozog‘iston, Tojikiston va Rossiya davlatlariga eksport qilmoqchi ekanligini bildirib o‘tdi.
Shuningdek, adliya vaziri Mirzacho‘l tumani Do‘stlik MFY binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.09.2022 yildagi “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-376-son qarori asosida tashkil etilgan ayollar tadbirkorlik markazida faoliyat yuritayotgan estalik va sovg‘a buyumlari yasovchi yosh tadbirkor Xolmirzayeva Nasiba Shuhrat qizi tomonidan tashkil etilgan syex faoliyati bilan tanishdi.
Suhbat davomida yosh tadbirkor Nasiba Xolmirzayeva maktab davrlaridan esdalik va sovg‘a mahsulotlari yasashga qiziqishi faoliyatini boshlaganiga endigina 1 yil bo‘lganligi va muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan tadbirkor ayollarga yaratib berilgan imkoniyatlar tufayli imtiyozli kredit olib o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yganligi va hozirgi kunda 3 ga yaqin fuqarolarni ish bilan ta’minlagani va u tomondan tayyorlangan mahsulotlarni ichki bozorga yetkazib berayotgani va keyinchalik o‘z faoliyatini kengaytirib qo‘shni davlatlariga eksport qilmoqchi ekanligini bildirib o‘tdi. Adliya vaziri suhbat so`ngida tadbirkorlarning kelgusidagi faoliyatlariga omad tiladi.