Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » Xitoyning ilgʻor qurilish kompaniyasi Jizzaxda

Xitoyning ilgʻor qurilish kompaniyasi Jizzaxda

22 сентябрь 2023 йил
53
0

Xitoy Xalq Respublikasining “Shanghai Construction Group” kompaniyasining Oʻzbekistondagi bosh direktori Pang Shengjianning viloyat hokimi Ergash Saliyev bilan uchrashuvi oʻtkazildi.

“Shanghai Construction Group” 1953-yilda tashkil etilgan, ilgʻor qurilish kompaniyasi boʻlib, 60 yildan ortiq vaqt davomida Xitoy va qurilish tarixida koʻplab rekord oʻrnatgan, ajoyib loyihalarga hissa qoʻshgan kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Xususan, baland binolar arxitekturasida, yirik koʻpriklar, transport yoʻllari, ommaviy madaniyat va sport inshootlari, sanoat loyihalari, xavfsizlik loyihalari qurilishida “Shanghai Construction Group” kompaniyasi doimiy ravishda ishtirok etib kelgan.

Dunyoning 50 ta davlatida 200 ga yaqin loyihalar bilan shartnoma tuzgan, 2020-yilda “Shanghai Construction Group”ning operatsion daromadi 33,5 milliard dollarni tashkil etgan.
Uchrashuvda viloyat hokimi Ergash Saliyev viloyatning iqtisodiy-ijtimoiy va investitsiya salohiyati hamda hududlarda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari boʻyicha aytib oʻtdi.

Xususan, bugungi kunda viloyatda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamdagi bunyodkorlik ishlari haqida tuxtalar ekan viloyat hokimi Ergash Saliyev, bunyod etilayotgan mazkur inshooatlarni zamonaviy qiyofada bulishi uchun “Shanghai Construction Group” kompaniyasi bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilsa buni amaliy natijasi yaxshi boʻlishini taʼkidladi.

Oʻz oʻrnida “Shanghai Construction Group” kompaniyasining Oʻzbekistondagi bosh direktori Pang Shengjian Jizzax viloyati va Xitoy oʻrtasidagi buguni hamkorlik samarali boʻlayotganini taʼkidlab, hamkorlik borasida ishlashga tayyorligini maʼlum qildi.
Pang Shengjianga viloyatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishtirildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар