Inson manfaatlari-qonun himoyasida
Inson manfaatlarini ta`minlash uchun avvalo, fuqarolar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish alohida ahamiyat kasb etadi. Aholini ijtimoiy himoya qilish, fuqarolarga ijtimoiy, huquqiy yordam berish, ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida sayyor qabullar tashkil qilinishi fikrimizning yaqqol dalilidir.
Joriy yilning 2 oktyabr sanasida Do’stlik tumanlararo fuqarolik sudi raisi B.Kazakov va Pensiya Jamg’armasi yuristkonsulti N.To’ymuradova ishtirokida Mirzacho’l tuman Pensiya jamg’armasi binosida axoli bilan sayyor qabul o’tkazildi.
Sayyor qabul davomida tashrif buyurgan fuqarolarning murojaatlari eshitildi ularning aksariyati qabul davomida ijobiy yechimini topgani quvonarli xolat. Jumladan qabulga tashrif buyurgan Mirzacho’l tumani Gulzor mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi 12 iyun 1965 yilda tug’ilgan fuqaro Karimova Qandolat Usmanovna bir necha yillar davomida 2002-2007 yillarda tuman xududida joylashgan “Xandalat” fermer xo’jaligida ishlagan davrini tasdiqlovchi mexnat daftarchasi yo’qolib qolganligi sababli pensiyaga chiqishda muammolarga duch kelayotganligini aytib o’tdi.
Pensiya jamg’armasi Jizzax viloyat boshqarmasi yuristkonsulti N.To’ymuradova bunday xolatda ish stajlarini sud tartibida tasdiqlash lozimligini aytib xuquqiy maslaxatlar berib, ushbu fuqaroning murojaatini o’z nazoratiga oldi.
Do’stlik tumanlararo fuqarolik sudi raisi B.Kazakov tomonidan fuqaro Q.Karimovaning 2002-2007 yillardagi “Xandalat” fermer xo’jaligida ishlaganlik faktini belgilash xaqidagi arizasini ko’rib chiqib mazkur yillar davomida xaqiqatdan xam ishlagan deb topib, xal qiluv qaroriga ko’ra ishlaganlik fakti belgilandi.
Fuqaro bilan bo'lgan suxbat davomida uning murojaati ijobiy yechimini topib unga pensiya tayinlab berilganligidan mamnunligini bildirib o’tdi.
B.Kazakov
Do’stlik tumanlararo
fuqarolik sudi raisi
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
25 сентябрь 2023, Понедельник
Mirzacho‘l tumani “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan “Ochiq byudjet” axborot portali orqali 2023 yil ikkinchi bosqichida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib deb topilgan takliflar uchun mablag‘lar ajratish to‘g‘risida
Изоҳлар (0)