8-umumiy o'rta ta'lim maktabi faoliyati ko'zdan kechirildi
Mirzacho'l tuman hokimi Sh.M.Axmedov, sektor rahbarlari, o'rinbosarlari, tumandagi ta'lim muassasalari direktorlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoniga muvofiq 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab har bir tuman (shahar)ning bittadan umumiy o‘rta ta’lim muassasasida o‘quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasb hunarga o‘rgatish amaliyoti bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish maqsadida ikkinchi xorijiy til va kasb-hunarga o'rgatish amaliyoti joriy etilgan Mirzacho'l tuman MMTBga qarashli 18-umumiy o'rta ta'lim maktabi faoliyatini ko'zdan kechirdi.
Tuman rahbari kasb-hunarga tayyorlashning maqsadi o‘quvchilarni kasb bo‘yicha ijodiy fikrlaydigan, tashkilotchilik, tadbirkorlik ko‘nikmalariga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalash hamda ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib kasb-hunar tanlashda ko‘maklashishdan iboratligi haqida gapirdi.