Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » "Eng yosh, iqtidorli hunarmand" loyihasida g‘olib

"Eng yosh, iqtidorli hunarmand" loyihasida g‘olib

27 декабрь 2023 йил
49
0

 

Mirzacho'l tumani "Do'stlik" mahallasida hokim yordamchisi ko'magi bilan davlatimiz tomonidan yosh hunarmandlarga berilayotgan imkoniyat va imtiyozlaridan unumli foydalangan yosh, iqtidorli kulol Diyorbek Shaxarboyev viloyatda o‘tkazilgan "Eng yosh, iqtidorli hunarmand" loyihasida g‘olib deb topilib, Respublika bosqichida rahbar va yoshlar forumida ishtirok etdi.

Diyorbek forumda diplom, esdalik sovg‘alar va 2024 yilda Hindistonda bo‘ladigan hunarmandlar festivalida ishtirok etish uchun taklifnoma bilan taqdirlandi.

Bu kabi yutuqlar, rag'batlar, qo'llab-quvvatlashlar yurtimiz yoshlariga berilayotgan e'tiborning namunasidir. Quvonarli tomoni shundaki, zamon talablari va ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar sharoitida bugungi yoshlarning talab va ehtiyojlarini o'rganib, yangidan- yangi imtiyoz va imkoniyatlar eshigi ochib berilmoqda.

Ishonchimiz komilki, bunday imkoniyat va imtiyozlar yosh avlodni ertamizning munosib davomchilari etib tarbiyalashda yorqin istiqbollarni ochadi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар