“Ilmli ayol-jamiyat koʻzgusi” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda
Ayol — jamiyat gultoji, borliq ko‘zgusi, millat tarbiyachisi. Uning mehr-muhabbati navnihollarni, ertamiz egalarining unib-o‘sishiga, kamol topishiga sabab bo‘ladi. Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli bo‘ladi. Xotin-qizlarni e’zozlagan, qadrlagan yurtning esa buguni va ertasi shubhasiz farovondir!
Xotin-qizlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni oʻrganishlari, bandligini ta’minlash, olima qizlarni qoʻllab-quvvatlash, o'quvchi qizlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Mirzacho'l tumanida ham “Ilmli ayol-jamiyat koʻzgusi” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, Mirzacho’l tumani MMTB qarashli 10-umumiy o'rta ta'lim maktabida "ILMLI AYOL JAMIYAT KO'ZGUSI" mavzusida insholar tanlovi o'tqazildi. Insholar tekshirilib, g'oliblar aniqlandi.