Mirzacho'l tumanida "XXI asr ayoli" xotin-qizlar festivali o‘tkazildi
Tumandagi O'zbek qozoq madaniyat markazida “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” festivali o‘tkazildi.
Unda Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo'limi rahbari Mehribon Abduraxmonova, tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Dilfuza Mavlonova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Nafisa Qodirova, Mirzacho'l tuman Axborot kutubxona markazi, tuman maktablarining iqtidorli qizlari, xotin qizlar faollari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Tadbir davomida mahallalardagi tadbirkor ayollarning hunarmandchilik mahsulotlari ko'rgazmalari tashkil etildi, hamda tadbirda O'zbek qozoq madaniyat markazining xushovoz xonandalari hamda raqqosa qizlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi.
Festival yakunida turli sohalarda ishlab, ibrat bo‘lib kelayotgan faol xotin-qizlar taqdirlandi.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
07 март 2023, Вторник
Mirzacho'l tumanida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar” bayrami munosabati bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi
07 март 2023, Вторник
Mirzacho'l tumanida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar” bayrami munosabati bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi
21 январь 2023, Суббота
Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash maqsadida yana bir seminar tashkil etildi
Изоҳлар (0)