“HOKIM YORDAMCHILARI XALQ XIZMATIGA SHAY” mavzusida hududlardagi MFYlarda olib borilayotgan islohotlar, amaliy jarayonlar bilan tanishuv yuzasidan media-tur
Bugun Mirzacho'l tuman hokimi B.Mirzaqulov mahallada "hokim yordamchi"si hamda mahalla faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va o'z xonadonlarida tadbirkorlik qilib, shaxsiy daromadlariga ega bo'layotgan fuqarolar holidan xabar olish uchun "Bog'bon" qishloq fuqarolar yig'inida bo'lib, "Hokim yordamchisi" faoliyati bilan tanishish barobarida, kam daromadli va ishsiz bo'lgan aholini doimiy ish bilan band qilish bo'yicha olib borilgan ishlarni ham ko'zdan kechirdi. Darhaqiqat, xonadonlarda oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratilayotir. Bu borada “Har bir oila tadbirkor” dasturi asosida ajratilayotgan imtiyozli kreditlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tuman rahbari tadbirkorlar bilan muloqot qilib, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi. Tadbirkorlik uchun barcha imkoniyat va sharoitlar yaratib berilishi, faoliyatni yaqindan qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi.