Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » O‘zbek tilidagi qo‘llanma BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining veb-saytida

O‘zbek tilidagi qo‘llanma BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining veb-saytida

19 март 2024 йил
122
0

Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari dunyo mamlakatlari shuningdek, xalqaro tashkilotlarning ham diqqat markazida bo‘lib kelyapti. Mazkur masala bo‘yicha BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Aholishunoslik jamg‘armasi, MDH davlatlararo Statistika qo‘mitasi kabi bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning taklif va tavsiyalari inobatga olinmoqda.

Dunyo mamlakatlariga aholi va uy-joy fondini royxatga olishni rejalashtirish va uni otkazishda yordam korsatish maqsadida  BMTning  Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Yevropa ittifoqining statistika xizmati  va bir qator a’zo davlatlar ishtirokida tayyorlangan “Yevropa statistiklari konferensiyasining 2020 yil raundida aholi va uy-joy fondini royxatga olish boyicha tavsiyalari” nomli qollanma BMT Aholishunoslik jamgarmasining  texnik komagi asosida Davlat statistika qomitasining mutaxassislari tomonidan ozbek tiliga tarjima qilindi.

 

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda dunyoda 200 dan ortiq davlat bolib, BMTning  Yevropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida mazkur qollanmaning faqat ingliz, fransuz va rus tillaridagi talqinlari (tarjimalari) joylashtirilgan xolos. Uning ilk marotaba ozbek tiliga tarjima qilinishi va BMTning  Yevropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi yangi Ozbekistondagi islohotlarning, xususan aholini royxatga olish tadbirini  otkazish uchun korilayotgan tayyorgarlik jarayonlarining dunyo hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuksak baholanayotganligi va tan oliniyotganligidan dalolat beradi.

Yana bir muhim jihati, ozbekcha qollanmaning BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida jahon tillaridagi talqini bilan yonma-yon turishi esa har birimizga gurur bagishlab, ona tilimizning dunyodagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu tavsiyalar mamlakatimizda aholini royxatga olishni  otkazishga tayyorgarlik jarayonlarida ishtirok etuvchilarning  bilimini oshirib, tadbirning sifatli otkazilishida muhim rol o`ynaydi.

M.Eshaliyev

Mirzacho‘l tuman statistika bo‘limi

yetakchi mutaxassisi 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар