“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar amalda
Ma`lumki, bugungi kunda mamlakatimizning har bir jabhasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 23 noyabrdagi PF-199-son Farmoni talablarining ijrosini ta’minlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, transchegaraviy garmsel shamollari va chang-qum bo‘ronlarining atrof-muhitga zararli ta’sirlarining oldini olish borasidagi ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Shu tufayli, Mirzacho‘l tumanida ham bu borada ishlar izchil amalga oshirilib, tumanning "Bog'bon" QFY hududidagi chegaraga yaqin bo‘lgan yo'l yoqasida korxona va tashkilotlar xodimlari ham faollikni qo'ldan bermay "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida hashar tashkil etishib, ko‘chatlar ekishmoqda.
Hasharda barcha tumandagi korxona va tashkilotlar faol qatnashib, o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.