Sog‘ tanda sog‘lom aql
Mirzacho'l tumani MMTBga qarashli 8-umumta'lim maktabida 26-27-aprel kunlari o‘quvchi qizlar o'rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida sportning voleybol turidan musobaqalar o'tkazildi.
Tadbirda so`z olganlar sport bilan doimiy shug`ullanish, jismoniy harakatlar inson organizmidagi ish faoliyatini yaxshilashligi, ayniqsa, bosh miya faoliyati hamda qon aylanish sistemasi uchun jismoniy tarbiya bilan shug`ullanish juda muhimligi ta`kidlandi. Musobagalar so`ngida g`oliblar va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg`alari bilan rag`batlantirildi.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)