"GAGARIN STUDY" MChJ o'quv markazi tashkil etilmoqda
Davlatimiz rahbari bundan buyon bitiruvchilar kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishi kerakligini ta'kidlab, "Bu qat’iy talab har bir ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim" deya ta'kidladilar. Bu borada, Mirzacho'l tumanida ham keyingi kunlarda chet tillarni o'rganishga e'tibor va talab kundan kunga oshayotgani juda ahamiyatlidir.
Jumladan, Mirzacho'l tumanida tuman hokimi B.Mirzaqulov tashabbusi bilan 11-sinf o'g'il bola bitiruvchilari hamda mahallalardagi ishsiz yoshlarning bepul til o'rganishi va kasb-hunar egallashlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida "GAGARIN STUDY" MChJ o'quv markazi tashkil etilmoqda.
Bugun mas'ullar tomonidan "Mirzadala" ShFY hududidagi 3-umumta'lim maktabida o'g'il bola bitiruvchi o'quvchi bilan yig'ilish o'tkazilib, ushbu markazning mazmun-mohiyati har tomonlama keng tushsuntirilib, yoshlarning chet tillarini o'rganishlariga alohida e'tibor qaratilishi ta'kidlandi. Hamda yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.