IT va Logistika sohasini rivojlantirish chora tadbirlari amalga oshirilmoqda
Mirzacho‘l tumani hokimi Botirjon Mirzaqulov tashabbusi bilan tumanimizda IT va Logistika sohasini rivojlantirish chora tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, bugungi kunda Mirzacho‘l tumanida IT yo'nalishida 100 ta ish o‘rni yaratilib, 35 kishi muntazam ishlab kelishishmoqda.
Bugun 4 aprel kuni 4-sektor, "Do'stlik" mahalla hududidagi 1-maktabda tashkil etilgan ushbu markazda tuman hokimi o‘rinbosari U.Rustamov, Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi tuman bo‘limi rahbari T. Xusanovlar tomonidan yoshlar muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlash bo‘yicha yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan batafsil fikr yuritib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.