Mirzacho'l tumani hokimligi xodimlari uchun seminar o'tkazildi
Jamiyatga katta zarar keltiradigan illatlardan biri – manfaatlar to‘qnashuvi. U bor joyda sohalar rivojlanish o‘rniga orqaga ketadi, millat salohiyati zavolga uchraydi.
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va tartibga solishda mustahkam huquqiy asosdir.
Joriy yilning 20-avgust kuni Mirzacho'l tumani hokimligi xodimlari uchun o'tkazilgan seminarda shu haqda so'z borib, tuman Adliya bo'limi boshlig'i Aziz Aminov tomonidan, O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 15 avgust kuni qabul qilingan O‘RQ-931-sonli “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni bo‘yicha batafsil tushintirish va tavsiyalar berildi.
Tadbirda korrupsiyaga oid islohotlarni birdek ta’minlanishiga barcha mas’ul ekanligi ta’kidlanib, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar bermaganlik uchun belgilangan jazo choralari haqida to‘xtalib o‘tildi.
Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.
Mirzacho`l tuman hokimligi
matbuot xizmati