Ma'naviy-marifiy tadbir o'tkazildi
Milliy gvardiya Jizzax viloyati boshqarmasi Bolalar bilan ishlash boʻlimi Mirzachoʻl tumani boʻyicha (katta) inspektor psixologlari hamda maktab direktori bilan hamkorlikda 5-sonli maktabda ota-onalar uchun ma'naviy-marifiy tadbir o'tkazildi.
Tadbirda Oʻzbekiston respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan "Bir boʻlsak-Yagona xalqmiz, Birlashsak- Vatanmiz" shiori ostida yoshi katta oqsoqol va onaxonlarimiz soʻzga chiqib, tarixiy urf-odat va anʼanalarimizni asrab-avaylash boʻyicha oʻz taklif va mulohazalarini berib oʻtdi.
Bundan tashqari tadbirda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati, 2024-2025-oʻquv yilida davomatni 100 % ga yetkazish.
Shuningdek voyaga yetmaganlar orasida jiniyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, shuningdek, oʻquvchilar oʻrtasida erta nikoh hamda erta tugʻruq salbiy holatlarni oldini olish borasida hamkorlikda ishlash tizimini yoʻlga qoʻyishni kelishib olindi.