Hamkorlikda ishlash tizimini yoʻlga qoʻyishni kelishib olindi
Milliy gvardiya Jizzax viloyati boshqarmasi Bolalar bilan ishlash boʻlimi Mirzachoʻl tumani boʻyicha inspektor psixologi katta leytenant Mamarayimov Dilshod hamda maktab direktorining MMIBOʻ Kozibayev Ixtiyor bilan hamkorlikda 6-sonli maktabda ota-onalar uchun ma'naviy-marifiy tadbir o'tkazildi.
Tadbirda Oʻzbekiston respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan "Bir boʻlsak-Yagona xalqmiz, Birlashsak- Vatanmiz" shiori ostida yoshi katta oqsoqol va onaxonlarimiz soʻzga chiqib, tarixiy urf-odat va anʼanalarimizni asrab-avaylash boʻyicha oʻz taklif va mulohazalarini berib oʻtdi.
Bundan tashqari tadbirda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati, 2024-2025-oʻquv yilida davomatni 100 % ga yetkazish.
Shuningdek voyaga yetmaganlar orasida jiniyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, shuningdek, oʻquvchilar oʻrtasida erta nikoh hamda erta tugʻruq salbiy holatlarni oldini olish borasida hamkorlikda ishlash tizimini yoʻlga qoʻyishni kelishib olindi.